Ushbu o‘quv qo‘llanma O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tasarufidagi oliy o‘quv yurtlarining “60810100-Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish” ta’lim yo‘nalish bakalavrlari uchun ishlab chiqilgan.
Muhandislik fanlari orasida “Muhandislik va kompyuter grafikasi” (Chizma geometriya moduli) fani talabalariga nuqta, to‘g‘ri chiziq, yassi va boshqa geometrik shakllarni tekislikda va fazoda tasvirlash usullarini o‘rgatib, ularda fazoviy tasavvurni rivojlantirib, turli metrik va pozitsion masalalarni yechish bilan talabalar dunyo qarashini yanada faol kengaytiradi.