Agrar soha ishlab chiqarishining samarali rivojlanishi uchun xo’jalik yuritishning yuqori va samarali tizimi talab etiladi. Axborot texnologiyalari qishloq xo’jaligi jarayonlarining rejalashtirishga, bashoratlashga, tahlil qilishga va modellashtirishga bog’liq katta miqdordagi masalalarni echishda muhim yordam beradi. Axborotlarni yig’ish va qayta ishlashning yuqorisamarador texnologiyalari, ishlab chiqarish jarayonlarini koordinatsiya qilish yo’li bilan maqsadga erishishning uskunaviy vositasi bo’lib amalda qo’llanilmoqda.