Mazkur darslik “O‘zbek tilining sohada qo‘llanilishi” fani dasturi asosida
yozildi. Unda sohaning ilmiy-nazariy masalalari va amaliy jihatdan shakllanishi bilan bog‘liq muammolar ochib berildi. Mazkur darslikda nutq odobi, nutq me’yori, muloqot madaniyati va adabiy nutq uslublari, ularning xususiyatlari, tilning uslubshunoslik masalalaridan tashqari talabalar uchun zarur bo‘lgan dastlabki ilmiy tadqiqotlar bilan ishlash, mustaqil ish hamda ilmiy maqola, qo‘llanma va darsliklarning yozilish tartibini izohlovchi mavzular yoritiladi. Shuningdek, darslikning asosiy maqsadi o‘zbek tilida ish yuritish, hujjatchilik masalalarini aks ettirishdir. Darslikdan barcha yo‘nalishdagi talabalar va ushbu soha bilan qiziquvchilar ham foydalanishlari ko‘zda tutilgan. |
0
|
|