Ma’lumki, oliy ta’limning filologiya fakultetlarida “Oʻzbek adabiyoti
tarixi” fani tarkibida “Yangi oʻzbek adabiyoti” oʻtiladi. Ushbu yoʻnalishda bir qator qoʻllanmalar yaratilgan va dasturlari ishlab chiqilgan. Mazkur oʻquv qollanma shularga tayanib tuzilgan. Oʻquv qollanmada H.Olimjon, S.Zunnunova, E.Vohidov, A.Oripov singari atoqli shoirlarning ijodi, yaratgan asarlarini oʻrganish boʻyicha yangicha tahlillar aks etgan va “Intellekt-karta”, “Klaster”, “BBB”, “Zakovatli zukko”, “Krossvord”, “Kichik guruhlarda ishlash” singari yangi pedagogik texnologiyalar ishlab chiqilgan. Oʻquv qoʻllanma oliy oʻquv yurtlarining filologiya fakultetlari talabalari hamda oʻqituvchilarga moʻljallangan. |
0
|
|