Ushbu o’quv-metodik majmua amaldagi dastur asosida tayyorlanib, 6050100- Biologiya bakalavryat ta’lim yo’nalishlarida ta’lim olayotgan talabalarga mo’ljallangan. Majmuada o’simliklar reproduktiv biologiyasining barcha bosqichlari keng yoritilgan. Unda zamonaviy ped-texnologiya tizimiga suyangan holda dorivor o’simliklarda gulning rivojlanishi, changdon va urug’kurtak tuzilishi, megasporogenez va murtak xaltasining hosil bo’lishi, gullash va changlanish jarayoni, urug’ va mevaning shakllanishi, disseminatsiya va tabiy tsenopopulyatsiyalarda o’simlikning urug’dan tiklanish jarayonlari bayon qilingan.
Har bir mavzu oxirida fanning tegishli yo’nalishlarida echimini kutayotgan muammolar, talabalar mustaqil bajarishi zarur bo’lgan topshiriqlar ro’yxati keltirilgan.