Mazkur darslikda Respublikada ekologik siyosatning shakllanishi, ekologik omillar, ekologik tizimlar, populyatsiyalar ekologiyasi, ekotizimlar, biosfera haqida ma’lumot, sanoatdagi ekologik jarayonlar, atrof-muhitni tozalash usullari, atrof-muhitning ifloslanish darajasi va boshqa mavzular tasdiqlangan o‘quv dasturiga muvofiq yoritilgan. Hozirgi zamon ekologiyasining atmosferani, oqar suvni, tuproqni zaharli gazlar va chiqindilardan muhofaza qilish jarayonlari bayon etilgan. O‘zbekistondagi ekologik holat bugungi kun ma’lumotlari bilan bog‘lab berilgan. Darslikka iqlim o‘zgarishi, global isish va ekologik xavf, uning oqibatlari to‘g‘risida alohida yangi bob kiritilgan. Darslikda respublikada mavjud 9 ta qo‘riqxona, 2 ta milliy bog‘ va Ekojayron markazi haqida PROON ning ma’lumotlari asosida mavzu berilgan. Tuproq, suv, o‘simliklar va hayvonlarni himoya qilish monitoringi misollar bilan keng yoritilgan.