Bugungi kunda dunyo boʻyicha tabiatga boʻlgan tabiiy va antropogen taʼsirlarning ortib borish tendensiyasi kuzatilmoqda, natijada biosferaning ekologik holatining oʻzgarishi va iqlim oʻzgarishi vujudga kelmoqda Iqlim oʻzgarishi, uning barqaror emasligi nafaqat olimlar nigohida, balki butun dunyo jamoatchiligi koʻz oʻngida yorqin aks etmoqda. Ob-havoning keskin oʻzgarishi natijasida yuz berayotgan toʻfonlar, suv toshqinlari, sunamilar bir tomondan qurgʻoqchilik, jazirama issiqlar, muzliklarning jadal erishlari ikkinchi tomondan anomal, yaʼni noodatiy koʻrinishga ega boʻlmoqda.