Bozor iqtisodiyoti hayotimizda tobora kengroq ko‘lam olayotgan sharoitda biznes sohasida ta’lim olayotgan mutaxassislar ko‘p qirrali bilimga ega, chuqur mulohaza va mushohada asosida faoliyat olib borishga qodir, o‘z ishini puxta egallagan mutaxassis bo‘lishi shart. Ayniqsa, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik kabi o‘ta murakkab va nozik sohada band bo‘lgan amaliyotchilarga juda yuqori talablar qo‘yiladi. Negaki mavjud
holatlardan maqbul darajada foydalanish, hamda mamlakatning iqtisodiy o‘sishiga, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxona va tashkilotlarning moliyaviy mablag`larini maksimallashtirishda hamda ulami mablag`lar bilan ta’minlashda o‘ziga xos xususiyatlarini yaxshi bilishi, iqtisodiy jihatdan turli xulosalar chiqarish ulaming to‘g‘ri va asosli ekanligini isbotlab bera olishi kerak.