O‘quv qo‘llanmada organik dehqonchilikning maqsadi va vazifalari, organik qishloq xo‘jaligiga o‘tishning xususiyatlari va bosqichlari. Tuproq unumdorligi va va uni yaõshilash omillari. Tuproq organik moddasi, oraliq ekinlar orqali tuproqda organik modda to‘plash va tuproqning strukturasini yaxshilash. Organik dehqonchilikda qishloq xo‘jalik ekinlarining oziq rejimini boshqarish, o‘simlik hayotida makro va mikroelementlarning ahamiyti, o‘simliklar oziqlanishida mikroorganizmlarning roli, organik o‘g‘itlar, organik chiqindilardan kompost, biogumus tayyorlash. Organik dehqonchilikda suv rejimini boshqarish. Organik dehqonchilikni rejalashtirish va qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirishning agrotexnikasi, tuproqqa va ekin qator oralariga ishlov berishning nazorati. Bågona o‘tlarning organik dehqonchilikka yåtkazadigan zarari va ularga qarshi kurash choralari, organik dehqonchilikda o‘simliklarni biologik himoya qilish, foydali hashorat (trixogramma, brakon va oltinko‘z)larni laboratoriya sharoitida ko‘paytirish, xonqizi qo‘ng‘izlari turlari bilan tanishish.Yerga ishlov berishning sifat ko‘rsatkichlarini aniqlash. Qishloq xo‘jalik ekinlarini ekish me’yorlari va mudatlarining sifat ko‘rsatkichlarini aniqlashga oid ma’lumotlar keltirilgan.