Marketing - bozorda vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlarni faollashtirish uslublarini, tovarlarni ishlab chiqarish hamda sotish muammolarini kompleks, tizimli echish uslublarini, bozorda vujudga
keladigan o‘zgarishlarga tezda moslashish, iste’molchilarga tabaqali yondashish, raqobatbardosh yangi tovarlarni vujudga keltirish va ularni ishlab chiqarishni tashkil etish, konyunkturani o‘rganish va prognoz qilish hamda ta’sirchan reklamani rivojlantirish masalalarini o‘rganishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan. Shuni ta’kidlash lozimki, mustaqillik yillarida amaliyotda marketingni qo‘llash va uning tamoyillaridan maqsadli foydalanishmuammolariga O‘zbekistonda ham katta ahamiyat berilmoqda. Ayniqsa, bu borada mamlakatimiz Prezidenti Islom Karimovning “ marketing tadqiqotlarini tashkil etishni, ichki va tashqi bozorlarning taraqqiyot tamoyillarini yaxshi bilmaslik natijasida korxonalar katta zarar ko‘rmoqda” 1, -deb bu tizimdan samarali foydalanish zarurligi haqida ta’kidladi.