Mazkur o’quv – uslubiy majmua Guliston davlat universiteti 5220200-tarix yo’nalishi talabalari uchun “Buyuk Ipak yo’li va uning jahon sivilizasiyasi tarixida tutgan o’rni” fanidan tayyorlangan bo’lib, unda ishchi dastur, reyting ishlanmasi, auditoriyada o’tiladigan o’quv mashg’ulotlari (va’z, seminar mashg’ulotlar), mustaqil ravishda o’rganishga tavsiya qilingan mavzular, ulardagi ko’rib chiqilishi lozim bo’lgan savollar va bajarish yuzasidan metodik tavsiyalar o’rin olgan hamda tegishli adabiyotlar ro’yxati ham keltirilgan. Majmua oxirida nazorat savollari berilgan.