Ushbu hujjat Guliston davlat universiteti mulki hisoblanadi va uni oluvchilar uchun maxfiy bo‘lib, to‘liq yoki qisman nusxa ko‘chirilishi, tarqatilishi yoki ko‘paytirilmasligi yoki uchinchi shaxslarga berilmasligi kerak. Ushbu materialni ko‘paytirish, tarqatish, nusxalash, oshkor qilish, o‘zgartirish, tarqatish yoki nashr etishning har qanday shakli qati’yan man etiladi
Bioekologiya fani ikkita qisimdan iborat bo’lib, birinchi qism O’simliklar ekologiyasi va ikkinchi qisim Hayvonlar ekologiyasidan iborat. Bioekologiya fani Ekologiya va Atrof – muhit muhofazasi ta’lim yo’nalishida tahsil olayotgan talabalarga 3 va 4 semestirlarda o’tiladi. Bu fan o’simliklar va hayvonlar ekologiyasining xozirgi zamon ta’limoti to’g’risida ma’lumot berib boradi. Ekologik omillar klassifikatsiyasi. O‘simliklar va hayvonlarning yashash muhiti bilan o’zaro munosabati, turli ekologik omillarga ularning moslashuvi (yorug’lik, namlik, harorat, tuproq, havo va boshqalar), o’simliklar va hayvonlarning hayot formalari, ularni muhofaza qilish to‘g’risida, ma’lumotlar berib boradi.