Mazkur o‘quv qo‘llanma 60230100 – filologiya va tillarni o‘qitish
(o‘zbek tili) ta’lim yo‘nalishi uchun mo‘ljallangan bo‘lib, “She’r ilmi ta’limi” tanlov fani dasturi bo‘yicha tayyorlangan. Unda o‘zbek adabiyotida she’riy turkumlarning badiiy-estetik xususiyatlari uning janr tarixi, genezisi, tendensiyalari, tadrijiy taraqqiyoti, estetik tabiati, turkumlarda badiiy tasvir vositalarini qo‘llash mahorati masalalari orqali ochib berilgan. Turkumlilikning yetakchi shakliy belgilari, turkumlilik yuzaga kelishidagi hayotiy, tarixiy va adabiy omillar, ulning genezisi va taraqqiyot xususiyatlari, turkumlilikning badiiy o‘ziga xosligi, realistik tasvir prinsiplari, tarixiylik va badiiylikning uyg‘unligi masalasiga alohida e’tibor qaratilgan. Shakl va kompozitsiyadagi o‘ziga xosliklar va badiiy shartlilik shakllari asoslangan, kechinma tiplari va lirik syujet qurilishidagi prinsiplar aniqlangan, shoirlar ijodiy uslubidagi o‘ziga xosliklar Mahmud Qoshg‘ariyning “Devoni lug‘otit turk” asari tarkibidagi turkum she’rlar, Alisher Navoiyning “Sittai zaruriya” va “Fusuli arbaa” qasidalar turkumlari, XIX asr oxiri va XX asr boshlarida yaratilgan she’riy turkumlar, shuningdek, XX asrning yetuk ijodkorlari bo‘lgan Oybek, Mirtemir, Hamid Olimjon, Zulfiya, Shuhrat, Erkin Vohidov, Abdulla Oripov, Rauf Parfi va istiqlol davrida yaratilgan turkum she’rlar misolida ochib berilgan. Qo‘llanmaning ilovalar qismida nazorat savollari, testlar banki, shu sohaga tegishli terminlardan iborat glossariy berilgan |
0
|
|