O‘zbek folklori fanidan amaliy va seminar mashg‘ulotlarni bajarish yuzasidan metodik ko‘rsatmalar 60230100 – Filologiya va tillarni o‘qitish (o‘zbek tili) ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun tayyorlangan bo‘lib, “O‘zbek folklori” fani dasturi (Guliston, 2024) asosida tayyorlanib, unda amaliy mashg‘ulotlardan ko‘zlangan maqsad, mavzuga tegishli asosiy tushunchalar, ishni bajarish uchun kerakli jihoz va materiallar hamda amaliy ishni bajarish tartiblari keltirilgan. Har bir mavzudan keyin talaba tomonidan mashg‘ulot davomida egallangan bilim va ko‘nikmani yanada mustahkamlash uchun bajarilishi lozim bo‘lgan qo‘shimcha topshiriqlari (TMI) berilgan. Metodik ko‘rsatmalar GulDU O‘quv metodik kengashi tomonidan (1-bayonnoma, 29.08. 2024-yil) nashrga tavsiya qilingan.