Qo‘lingizdagi bu qo‘llanma mavjud darslik va qo‘llanmalardan yangi - milliy grammatik talqinlarga uyg‘unligi bilan ajralib turadi. Ushbu qo‘llanma nafaqat o‘rta va oliy ta`lim tizimida amalda bo‘lgan dasturlar bilan uyg‘un, balki "Tilshunoslikka kirish" o‘quv fani oldida turgan muhim vazifani - kitobxon toliblarni yangicha grammatik talqinlarning asosiy atamalari, tushunchalari, tahlil usullari bilan tanishtirishni - ularni yangi tilshunoslik dunyosiga olib kirishni bajarishga, milliy grammatik talqinlar orqali ziyolilar ongidagi milliy tafakkur tarzi va mafkura ko‘chatlarini sug‘orishga ham xizmat qiladi.