Ushbu o‘quv qo‘llanma Guliston davlat universitetining 60610100 - Axborot tizimlari va texnologiyalari (2024-2025, 1-kurs), 60610300 - Kompyuter injeneringi (2024-2025, 1-kurs) bakalavriat bosqichi talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, “Hisob (Calculus)” fani materiallarini to‘la qamrab oladi. Jumladan, o‘quv qo‘llanmada kompleks sonlar nazariyasi, sonli va funksional ketma-ketliklar, differensial hisob, integral hisob, sonli va funksional qatorlar, ko‘p o‘zgaruvchili funksiyalar, ikki va uch karrali integrallar, egri chiziqli va sirt integrallari boblari yoritib berilgan. Shuningdek, har bir mavzuning texnikada, iqtisodiyotda, tibbiyotda, ijtimoiy olam va boshqa ko‘plab sohalardagi amaliy tatbiqlari asoslab berilgan.