“Perspektiva” fani tevarak atrofimizdagi hamda tasavvurimizdagi narsalarni
inson ko„zi bilan qanday ko„rsa, huddi shunday qilib tekislik, silindr, sfera va boshqa sirtlar ustida tasvirlash usullarini o„rganadi. Perspektiva – bu tasviriy san‟at grammatikasidir. Buyuk italyan rassomi va olimi Leonardo da Vinchi ta‟biri bilan aytganda, “Perspektiva – tasviriy san‟atning rulidir”. Shuning uchun realistik tasviriy san‟at asarlarini yaratishda ilmiy nazariy asos bo„lib hizmat qiladi. Malakali rassom, arxitektor, tasviriy va amaliy san‟at o„qituvchilari hamda restavratorlarni tayyorlashda perspektiva asosiy fanlardan biri bo„lib hisoblanadi. Hozirgi kunda maktab,kasb-hunar kolleji va akademik litseylarni yuqori malakali, oliy ma‟lumotli pedagog kadrlar bilan ta‟minlash maqsadida ko„plab oliy o„quv yurtlarida turli ta‟lim yo„nalishlari bo„yicha maxsus sirtqi bo„limlar ochilgan bo„lib, ular o„z faoliyatlarini olib bormoqdalar. Maxsus sirtqi bo„lim talabalari uchun sifatli o„quv adabiyotlarini tayyorlash va ularni yetkazib berish hozirgi kunda eng asosiy masala bo„lib turibdi. Talabalarning fan bo„yicha chuqur bilimga ega bo„lishini ta‟minlaydigan asosiy omil bu ular sessiya oralig„i davomida o„zlashtirib topshiradigan vazifalar mazmuniga va sifatiga bog„liq. Shu maqsadda har bir fandan sessiya oralig„i vazifalari mazmunini ishlab chiqish va uning yangi avlodini shakllantirishga asosiy e‟tibor qaratilmoqda. |
0
|
|