Texnik mexanika kursida mexanik harakatning asosiy qonunlari o’rganiladi. Mexanik harakat deganda fizik jismlarning vaqt birligi ichidagi tekislikdagi va fazodagi harakati bo’ladi.
Mexanik harakatning xususiy xoli nisbiy muvozanat holati tushuniladi. Shuning uchun tabiatda absolyut qo’zg’almas jismlar bo’lmaydi. Jismlarning qo’zg’almas yoki inertsion harakati uning muvozanat holati bo’ladi. Jismning inertsion holatiga ilgarilanma harakatdagi jismning tekis harakati, vintli harakatlari kiradi. Nazariy mexanikaning asosida Nyutonning aksiomalari yotadi. Hozirgi vaqtda bizni o’rab turgan dunyoni mega, makro va mikro dunyoga ajratish mumkin. Har birini o’ziga yarasha fan qonuniyatlari o’rganadi. Toshbaqaning harakatidan kosmik kemaning harakatigacha-bu makro dunyoni nazariy mexanika fani o’rganadi. |
0
|
|