Marketing - iste’molchilarning hozir va kelajakda talablarini qondirishga qaratilgan tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarish, sotish va natijada foyda olish bilan bog‘liq faoliyat turidir. Marketingda asosiy e’tibor uning maqsadli yo‘nalishga egaligi hisoblanadi, yangi tadqiqotlarni jami yo‘nalishlarning yagona texnologik jarayoniga birlashuvi ham uning o‘ziga xos xususiyatidir. Har bir korxona tashqi omillar hamma xo‘jalik faoliyati tabiatini hisobga olgan holda, o‘ziga mos marketing dasturini ishlab chiqaradi va amalga oshiradi, chunki eng asosiy maqsad tovarlar va xizmatlarni qaerda, kimga, qanday qilib sotish muammosini hal qilish bo‘lsa, bu bozor iqtisodiyoti sharoitidagi rivojlangan mamlakatlarda ham murakkab va serqirrali faoliyat hisoblanadi. SHu masalalarni echish yo‘llarini kompleks tarzda marketing fani o‘rgatadi.