O’rgatish metodlari-pedagogikada qabul qilingan ta’rifga ko’ra qo’yilgan masalani yechish uchun tanlangan yagona yo’l sifatida ta’riflanadi. U mashg’ulotdagi bolaning va tarbiyachining butun faoliyatini o’rgatish usullari-ayrim yordamchi vosita bo’lib, mashg’ulotdagi faoliyatning xususiyatini aniqlamaydi, u ta’limda tor ma’nodagi ahamiyatga ega.
Ayrim metodlar mashg’ulot ishining umumiy yo’nalishini aniqlamay, balki usul sifatida namoyon bo’ladi. Masalan: mashg’ulot boshida she’r (hikoya) o’kish beriladigan vazifaga bolalarning qiziqishini uyg’otish uchun o’qilsa, boshqa mashg’ulotlarda esa she’r o’qish tarbiyachi uchun xizmat qiladi, ya’ni mashg’ulot boshini tashkil qilish uchun qo’llaniladi.