Tasviriy faoliyat bolalarning voqyeilik haqidagi tasavvurlarning kengayish va mustahkamlanish vositasi bo’lib xizmat qiladi. Taniqli psixolog V.M.Teplov idrokning aloxida harakterini quyidagi tasvir bilan bog’lik holda ta’kidlab o’tadi: «tasviriy san’atda tasviriy masalasi kuchli idrok qilishni talab etadi. Qurilgan narsani tasviriy masalasini yecha turib, bola har doim narsalarni yangicha tomondan anchagina tezrok, kuchliroq va aniqroq qurishni o’rganib boradi». Idrok etishning rivojlanishi tasviriy faoliyatdan kelib chiqib ikki maqsadni ko’zlaydi. Birinchidan, o’rab turgan vokelik bilan tanishish jarayonida bolaning bilish va estetik malakasi boyiydi, ikkinchidan, turli predmetlar haqidagi tasavvurlari aniqlashadi. Predmetlarning xususiyatlari va belgilarini idrok etish shu predmetlarning keyinchalik tasvirlay olinishi bolalardan tekshirish vositalari orqali tanishishni talab qiladi. Tasviriy faoliyatning turli ko’rinishlarida tekshiruv maqsadlari turlicha bo’ladi. Tarbiyachi turli faoliyat turlarida bolalar diqqatini predmetning shakliga, xajmiga, fazoda joylashishiga qaratadi, keyin rasm chizish mashg’ulotidan oldin predmetning konturini qismlarini aloxida ajratib ko’rsatadi, agar berilgan predmet uchun harakterli rang bo’lsa uni ham ajratib ko’rsatadi. Loy mashg’ulotining xajmli massani har tomondan ko’riladi, uning qo’shilib ketgan va ajralib turgan qismlari qurib chiqiladi. Qurish-yasash mashg’ulotlarida qismlarning proporsional munosobatlari, ularning o’zaro bog’liqligini ko’rib chiqish muxim ahamiyatga ega. Ko’zdan kechirish jarayonining o’zi 5 etapni o’z ichiga oladi.