Fanining mazmuni va tarixi. Talabalarga molekulyar biologiya, bioximiya, genetika, virusologiya va shuningdek biopolimerlar tuzilishini bashorat qilish imkonini beruvchi genomika va proteomika maʼlumotlari kompüyuter tahlillarining algoritmlarini va dasturlarini ishlab chiqish bo‘yicha ko‘p sonli tadqiqotlar natijalarini hisoblash metodologiyasi yordamida tahlil qilishga yo‘naltirilgan fan – bioinformatika haqida tasavvurni shakllantirishdan iborat. Shuningdek tinglovchilarga dunyo olimlari tomonidan tirik organizmlar genomlarining sekvenirlanishi natijasida genlarning struktura va funktsiyalarini o‘rganish bo‘yicha olib borilayotgan bioinformatik ilmiy tadqiqotlar, bioinformatika metodlaridan foydalanib yaratilayotgan yangi biotexnologik usullar va ularning qonuniyatlari hamda printsiplari to‘g‘risida bilim berish ko‘zda tutiladi.