Guliston davlat universiteti ichki ta'lim portali

portal.guldu.uz

avatar_rasm Gulyora Xazratkulova Tojiboyevna 27.04.2023-16:08:30

Muallif (lar): Dubrovskaya Ye.A., Kazakova T.G., Yurina N.N. i dr. Eticheskoe vospitanie i razvitie detey doshkolnogo vozrasta. – M
Chiqarilgan yili: 2002
Resurs betlari soni: 13
Resurs formati (doc, docx, ppt, pptx, pdf, rar): ppt

Mashg`ulotni boshlashdan avval, tarbiyachi albatta o`zi tanlagan natura, o`yinchoq, illustratsiya va o`zi bolalarga nisbatan qayerda turishi kerakligini aniqlab oladi. Mashg`ulotdan oldin tarbiyachi albatta chizishni, loydan yasashni, qirqishni mashq qilishi lozim. Bu esa tarbiyachiga uni tasvir etishning yo`l va vositalarini aniqlab olish va har bir murakkab qismi ustida ko`proq ishlashni va bolalarning diqqatini ham Shu yerga ko`proq tortish imkonini beradi. Mashg`ulotga tayyorlanish jarayonida tarbiyachi metodik adabiyot-larga murojaat etadi, qay bir metod va usullarni qo`llash mumkinligi ustida ishlaydi. Tarbiyachi mashg`ulotni tashkil etishga tayyor bo`lgach, bolalarni o`yin faoliyatidan asta ta`limiy faoliyatga ko`chirib o`tadi. Mashg`ulotni tashkil etish jarayoni bir-ikki daqiqani tashkil etadi. Bu qism mashg`ulotga qarab turlicha uyushtirilishi mumkin. Masalan, bolalarning tasvirlashlari kerak bo`ladigan predmet yoki illustratsiyalarni ko`rishni, kichkintoylarga esa o`sha narsa bilan o`ynashi, qo`li bilan tegishi mumkin bo`ladi. Kichik guruhdan boshlab bolalarni sekin-asta, shovqinsiz, stol atrofiga o`tirishga o`rgatamiz. Mashg`ulotning turiga va mazmuniga qarab, turlicha o`tkazilishi mumkin. Masalan, kichik guruhda yarim oysimon shaklda o`tkazish mumkin. Bunda tarbiyachi har bir bolani ko`radi va yordam ko`rsatish maqsadida har birining oldiga borishi mumkin.

Bu resurs quyudagi fanlarga tegishli:
Tasviriy faoliyatga o`rgatish
 
Ko'rildi: 121     Ko'chirildi: 574


Âíèìàíèå
Diqqat, cheklanish!!!
Ma'lumotga fikr qoldirish faqat saytdan ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar uchun ruxsat berilgan!!!
Ro'yxatdan o'tish uchun shu erni bosing.

www.guldu.uz
www.hemis.guldu.uz
www.student.guldu.uz