Ohirgi yillarda aniq tashis qo’yish uchun tibbiyot amaliyotida keng qo’llanilayotgan yangi tehnologiyalar,
ya’ni raqamli rentgen, kompyuter tomografiya, MRT, ultra tovush apparatlari, angiografiya, artroskopiyajihozlarida olingan natijalar asosida(tasvir va shakl chizmalar) odam a’zolarini tashqi va ichki tuzilishkarini talabalar tomonidan o’rganishida hamda to’liq o’zlashtirishlarida muhim ahamiyat kasb etadi.Shu boisdan, “Anatomiya -odam a’zolarining tuzilishini zamonaviy raqamli texnologiyalarida olingan tasvir va shakl chizmalari asosida tayyorlangan rentgen anatomiyadan darslik yaratildi. Ushbu darslikda tizim a’zolarini ko’rinishi va tuzilishini rangli rasmlar, rentgenologik tasvirlar hamda ularning shakl chizmalari xalqaro nomenklatura talablariga mos ravishda lotincha va yunoncha atamalar bilan nomlanildi hamda a’zolarni kasallanishdagi klinik nomlanishi ham keltirldi.Fan dasturida keltirilgan ayrim a’zolar tizimi (mushaklar, jinsiy a’zolar, ichki sekretsiya bezlari va periferik nerv tizimi, ko’ruv va eshituv analizatorlari) ni rentgenanatomiyasini tasvirini ko’rsatish imkoniyati bo’lmaganligidan, ularni darslikda aks ettirilmadi. Ushbu darslik O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta maxsus ta’lim vazirligi hamda, O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlsh vazirligining umumiy amaliyot shifokorlarini tayyorlash uchun mo’ljallangan 2018 yil 28 sentyabr BD 201- sonli va 2018 yil 2 oktyabr 564- sonli buyruq bilan tasdiqlangan namunaviy fan dasturi ning rentgen anatomiya qismi asosida tayyorlandi. |
0
|
|