Fanning maqsadi Ushbu voleybol fan sillabusi jismoniy tarbiya asoslarini chuqur nazariy anglanishini ta`minlashda, jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha pedagogning kasbiy faoliyatidagi asosiy nazariy-usuliy qoidalarini amalga oshirish malakasini shakllantirishdan iborat.
Fanning vazifasi Ushbu voleybol fan sillabusi jismoniy tarbiya va sport faoliyatining nazariy qoidalarini o‘rganish, jismoniy tarbiya va sport nazariyasi va uslubiyatining tushunchalarini o‘rganish, jismoniy tarbiya va sportning vosita va usullarini o‘zlashtirish; jismoniy tarbiya va sportning tashkiliy shakllarini o‘rganish; tayyorgarlik fanlari tizimida jismoniy tarbiya va sport nazariyasi hamda uslubiyatining integratsiyalovchi roli to‘g‘risida tasavvur hosil qilish; amalda harakat faoliyatilarini o‘rganish, jismoniy sifatlarni rivojlantirish, bilimlarni shakllantirish nazariyasi va uslubiyatini qo‘llashga o‘rgatishdan iboratdir.