O’quv fanining maqsadi va vazifalari
Fani o’qitishdan maqsad – talabalarda Voleybol va uni o’qitish metodikasi fani bo’yicha, ta’lim muassasalarida o’tkaziladigan jismoniy tarbiya darslarida voleybol o’yinlarni tashkil qilish va o’tkazishga o’rgatish, voleybol o’yinlarida hujum va himoya taktikasi va texnikasi bilan tanishtirish, o’yinlarda qo’llanadigan turli usullar, fintlar bilan amaliy tanishtirish, hakamlik qilish malakalarini shakllantirish, musobaqalar o’tkazish usullarini va nizomlarini tuzishga o’rgatish, bolalarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va barkamol avlodni tarbiyalashga mos bilim, ko’nikma va malakalarini shakllantirishdir. Ma’ruza va seminar mashg’ulotlarida o’qitishning faol uslublaridan foydalangan holda nazariy bilim beriladi, amaliy mashg’ulotlarda esa ma’ruza va seminar mashg’ulotlarida egallangan bilimlarni amalda bajarib, ko’nikma va malakalari shakllantiriladi. Fanning vazifasi – talabalarda Voleybol va uni o’qitish metodikasi fanini o’tkazish bo’lajak mutaxassislarga voleybol o’yinlarni tashkil qilish, tahlil qilish, talabalarda voleybol turi bo’yicha mashg’ulotlarni o’tkazish uchun atroflicha bilim berish, voleybol o’yinlarni tashkil qilish, tahlil qilish, voleybol o’yinlarida harakatlanish va to’pni boshqarish texnikasi, hujum va himoya texnikasi hamda taktikasi bilan tanishtirish, o’yinlarda qo’llanadigan turli usullar, fintlar bilan amaliy tanishtirish, hakamlik qilish malakalarini shakllantirish, musobaqalar o’tkazish usullarini va nizomlarini tuzishga o’rgatish, jismoniy sifatlarni rivojlantirish va oshirish yo’llarini o’rgatishdan iborat. |
0
|
|