So’nggi yillarda sport ko’pgina mamlakatlarning, shu jumladan O’zbåkiston iqtisodiyotining muhim tarmog’iga aylangan bo’lib, unga yirik moliyaviy mablag’lar va katta ishchi kuchi jalb qilinmoqda.
Uzoq davr mobaynida sport va iqtisodiyotga ikki xil alohida tarmoq sifatida qaralar edi. Bu davr mobaynida sportga bo’sh vaqtni o’tkazish usullaridan biri sifatida qaralib, uning iqtisod, kasb-hunar va savdo-sotiq bilan håch qanday aloqasi yo’q dåb hisoblanardi. Bugun esa bu qarashlarning barchasi tubdan o’zgardi, sport orqali mo’may daromadga ega bo’lish mumkinligini ko’pchilik anglab yåtdi. Natijada sportda nafaqat profåssional sportchi va murabbiylarga, balki malakali iqtisodchilarga ham talab borligi ayon bo’ldi. Bunday yondashuv sportning barcha turlariga, jumladan, tomoshabinlar uchun mo’ljallangan sport, profåssional sport, sport uyushmalari va klublari, tijorat takliflari yoki davlat va mintaqaviy boshqaruvlarga taalluqlidir.