Texnologik kartalar tuzishdan maqsad: 1) mintaqalarni o‘ziga xos tuproq-iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda ilg‘or agrotadbirlar va mashinalar tizimidan samarali foydalanib, ekinlar etishtirish jarayonining mexanizsiyalash darajasini oshirish; 2) mehnat va moddiy resurslardan unumli foydalanish; 3) mahsulot etishtirishda ishchi kuchi, yoqilg‘i, mineral o‘g‘itlar va mexanizatsiya sarflarini qisqartirish; 4) mahsulot tannarxini kamaytirish maqsadida foydalanadigan texnika va jihozlarni arzonroq turlari bilan almashtirish; 5) bir yurishda bir necha turdagi ishlarni bajaradigan qurama (aralash) agregatlardan keng foydalanishdan iborat.