Guliston davlat universiteti ichki ta'lim portali

portal.guldu.uz

avatar_rasm Akmal Mamatkulov Ahmadaliyevich 19.04.2023-12:02:32

Muallif (lar): Mamatkulov A.A
Chiqarilgan yili: 2022
Resurs betlari soni: 270
Resurs formati (doc, docx, ppt, pptx, pdf, rar): doc

Fanning asosiy maqsadi talabalarning jismoniy tarbiya va sportni turli tarixiy davrlarda rivojlanish qonuniyatlari, tizimlari to’g’risidagi nazariy bilimlarini shakllantirishdir.
Fanning vazifasi – talabalarga jismoniy tarbiya va sport tarixini ilmiy nazariy jihatdan tahlil qilish, jismoniy tarbiya va sport sohasida erishilgan yutuqlarni, O’zbekistonda jismoniy tarbiya va olimpiya harakati tarixini, jismoniy tarbiya usullari, shakllari va vositalarini hamda eng ilg’or tajribalarini o’rgatishdan iborat.
“Jismoniy tarbiya va olimpiya harakati tarixi” o’quv fanini o’zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida talaba:
- nazariy va amaliy mashg’ulotlarda O’zbekistonda jismoniy tarbiya va sport harakatini rivojlanish tarixi to’g’risidagi bilimlarga ega bo’lishi,
-jismoniy tarbiya va olimpiya harakati tarixining asosiy davrlarini, rivojlanish qonuniyatlarini, jahon xalqlarining jismoniy tarbiya va sport tarixini bilishi,
-fanni o’rganishning tamoyillarini, xalqaro sport va olimpiya harakati tarixini, uning rivojlanish bosqichlari va asosiy xususiyatlarini to’g’ri aniqlash ko’nikmalariga ega bo’lishi,
-ilmiy-nazariy jihatdan olingan bilimlarni tahlil qilish, amaliy mashg’ulotlarda mustaqil fikr yuritish, bilimlarga ijodiy yondoshish malakalariga ega bo’lishi kerak.

III. Asosiy nazariy qism (ma`ruza mashg‘ulotlari)

1- modul. “Jismoniy tarbiya va olimpiya harakati tarixi” faniga kirish.

1-mavzu. Qadimgi davrda chet el mamlakatlarida jismoniy tarbiya.
Jismoniy tarbiya va olimpiya harakati tarixi fanining asosiy maqsadi va vazifalari. Fanning mazmuni va asosiy tushunchalari. Jismoniy tarbiya va olimpiya harakati tarixi fanining asosiy davrlari. Jismoniy tarbiya va olimpiya harakati tarixi fanining o‘rganish manbalari. Fanning jismoniy tarbiya va olimpiya sporti sohasidagi o‘rni va ta’lim-tarbiyaviy ahamiyati. Qadimgi davrda jismoniy tarbiyaning xususiyatlari. Qadimgi Sharq davlatlarida jismoniy tarbiya. Qadimgi Gretsiya davlatlarida jismoniy tarbiya. Sparta va Afina tarbiya tizimlari. Qadimgi olimpiya o‘yinlari va ularning ahamiyati. Qadimgi Rimda jismoniy tarbiya.
2- mavzu. O‘rta asrlarda jismoniy tarbiya (V – XVII asrlar)
O‘rta asrlarda chet el mamlakatlarida jismoniy tarbiyaning rivojlanish xususiyatlari (V–XVII asrlar). Yevropa davlatlarida feodallar, dehqonlar va shaharliklarning jismoniy tarbiyasi. Ritsarlarni tarbiyalash tizimi. Gumanistlarning jismoniy tarbiya to‘g‘risidagi fikrlari. Osiyo, Amerika va Afrika mamlakatlarida o‘rta asrlarda jismoniy tarbiya.
3- mavzu. Yangi davrda jismoniy tarbiya (XVIII – XIX asrlar)
Yanga davrda chet el mamlakatlarida jismoniy tarbiya va sport. Jismoniy tarbiya nazariy asoslarining taraqqiy etishi. Yevropa mamlakatlarida gimnastika tizimlarining vujudga kelishi. Angliya va AQShda sport va sport o‘yinlarining rivojlanishi. Osiyo, Amerika va Afrika mamlakatlarida jismoniy tarbiya.
4- mavzu. Eng yangi davrda jismoniy tarbiya va sport
(XX asr boshlari – hozirgi davrgacha)
Eng yangi davrda chet el mamlakatlarida jismoniy tarbiya va sport rivojlanishining xususiyatlari. Jahon urushlari o‘rtasidagi davrda chet el mamlakatlarda jismoniy tarbiya va sport. Jismoniy tarbiyaning harbiylashtirilishi. Sportning professional va zamonaviy yo‘nalishlari. Xalqaro sport harakati vujudga kelishining asosiy omillari. Sportning taraqqiy etishi va xalqaro sport tashkilotlarining tuzilishi. Xalqaro sport federatsiyalari. Jahon, Yevropa va Osiyo chempionatlari. Hozirgi davrda sport harakatining rivojlanishi va dolzarb muammolari.

II-modul. O‘zbekistonda jismoniy tarbiya va olimpiya harakati

5- mavzu. Markaziy Osiyoda qadimgi davr va o‘rta asrlarda
jismoniy tarbiya
Qadimgi davrda Markaziy Osiyoda jismoniy tarbiyaga oid arxeologik topilmalar va yozma manbalar. “Avesto”- qadimgi yozma ma’naviy va ma’rifiy manba sifatida. Qadimgi Markaziy Osiyo xalqlarining ta’lim-tarbiya tizimi va turmush tarzida jismoniy tarbiyaning ahamiyati. Qadimgi ajdodlarimiz jismoniy tarbiyasining xususiyatlari. Qadimgi O‘zbekiston xalqlarining o‘yinlari va jismoniy mashqlarining umumiy tavsifi. Markaziy Osiyoda o‘rta asrlar davrida jismoniy tarbiya (IX – XVI asrlar). Sharqning buyuk alloma va mutafakkirlarining jismoniy tarbiya to‘g‘risidagi fikrlari. Abu Ali Ibn Sinoning “Tib qonunlari” asarida jismoniy tarbiya to‘g‘risida. Amir Temurning harbiy-jismoniy ta’limoti. O‘rta asrlar davrida Markaziy Osiyo xalqlarining jismoniy mashqlari va milliy o‘yinlari.

Bu resurs quyudagi fanlarga tegishli:
Jismoniy tarbiya va olimpiada harakati tarixi
 
Ko'rildi: 422     Ko'chirildi: 2073


Âíèìàíèå
Diqqat, cheklanish!!!
Ma'lumotga fikr qoldirish faqat saytdan ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar uchun ruxsat berilgan!!!
Ro'yxatdan o'tish uchun shu erni bosing.

www.guldu.uz
www.hemis.guldu.uz
www.student.guldu.uz