Ushbu o’quv qo’llanma “Jismoniy madaniyat” ta’lim yo’nalishi talabalari uchun mo’ljallangan bo’lib, unda suzishning kelib chiqish tarixi, uning boshqa fanlar bilan aloqasi, suzishning inson salomatligi uchun ahamiyati, suvning fizik xossalari, sportcha suzish turlari, sportcha suzish texnikasi asoslari, amaliy suzish bo’limida esa cho’milish chog’ida yuz berishi mumkin bo’lgan baxtsiz xodisalarda cho’kayotganlarga qay tarzda birinchi yordam ko’rsatish, ularni transportirovka qilish usullari texnikasi va ularga sun’iy nafas berish usullari shu bilan birga sportcha suzish bo’yicha sport trenirovkasi xaqida ma’lumotlar yoritib berilgan