Mazkur fan yuzasidan jismoniy tarbiya darslarida yengil atletikani kelib chiqish tarixi, rivojlanish bosqichlari, turkumlari, tasnifi, turlarining texnikasi tahlili, mashg’ulotlarini tashkil qilish va o‘tkazish metodlari haqida ma’lumot berish va turli sanalarga bag‘ishlangan yengil atletika musobaqalarini o‘tkazish, hakamlik qilishga oid amaliy ko‘nikma va malakalar bilan qurollantirishdan iborat. Fanni o‘qitishdan maqsad – Oliy ta`lim muassasi talabalarining yengil atletika fani bo‘yicha bilim, ko‘nikma, malakalarining shakllantirish va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, hayotning turli jabhalarida yengil atletika vositalaridan samarali foydalanish. Yengil atletikaning rivojlanish tarixi haqida ma`lumot berish, talabalarni yengil atletika sport turining texnikasi bilan tanishtirish, ularni yengil atletika bo‘yicha musobaqalar o‘tkazishda hakamlik qilish qoidalarini o‘rgatish, bolalarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va barkamol avlodni tarbiyalashga mos bilim, ko‘nikma va malakalarini shakllantirishdir. Ma’ruza va seminar mashg‘ulotlarida o‘qitishning faol uslublaridan foydalangan holda nazariy bilim beriladi, amaliy mashg‘ulotlarda esa ma’ruza va seminar mashg‘ulotlarida egallangan bilimlarni amalda bajarib, ko‘nikma va malakalari shakllantiriladi.