Xo’jalik jamiyatining barcha jabhalarida integratsiya va globallashuv jarayonlari kuchayib borayotgan bir davrda jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlardagi asosiy rivojlanish tendensiya va yo’nalishlarini aniqlab olish muhim ahamiyat kasb etadi. Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlarning umumiy rivojlanish xususiyati o’zgarib borayotgan bir davrda O’zbekiston Respublikasi ham jahon hamjamiyatiga kirib bormoqda. Xorijiy mamlakatlar bilan iqtisodiy, madaniy va boshqa sohalardagi hamkorliklar rivojlanmoqda. Xususan, rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyotini o’rganish, shuningdek bozor iqtisodiyotining rivojlanishidagi yutuq - kamchiliklari, rivojlanish muammolarini hal etishdagi to’g’ri yondashuvlar bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o’tib borayotgan Respublikamiz iqtisodiyotini rivojlangan davlatlar darajasiga olib chiqishda tajriba sifatidagi ahamiyati kattadir. O’quv qo’llanma oliy ta’lim, kollej va litsey talabalari, aspirant, ilmiy xodim, magistrant, shuningdek jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar bilan shug’ullanuvchi keng kitobxonlar ommasiga mo’ljallangan.