Guliston davlat universiteti ichki ta'lim portali

portal.guldu.uz

avatar_rasm Saribayev Shuxrat Turdibekovich 18.04.2023-13:05:13

Muallif (lar): Saribayev Shuhrat Turdibekovich
Chiqarilgan yili: 2022
Resurs betlari soni: 133
Resurs formati (doc, docx, ppt, pptx, pdf, rar): doc

Mazkur fan dasturi bakalavriat: 61010300 – Sport faoliyati bakalavriyat ta’lim yo’nalishi 2-3 bosqich talabalari uchun mo’ljallangan bo’lib, “Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati” fan dasturi 3-5 semestrlar davomida jismoniy madaniyat va sportning kelib chiqishi, rivojlanish bosqichlari, jismoniy madaniyat va sportni boshqarish yo’llari o’rgatishga qaratilgan. “Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati” fani boshqaruvchi fan bo’lib, bo’lajak yosh mutaxassis kadrlarga jismoniy madaniyat va sport faoliyati bo’yicha mutaxassislarni tayyorlashda qadim zamonlardan boshlab shu kungacha turli xalqlarda jismoniy tarbiya taraqqiyotining umumiy qonununiyatlarini aniqlash va ochib berishdan iborat. Shu bilan birga O’zbekistonda jismoniy tarbiya va sport to’g’risidagi qonuni qabul qilinishi, O’zbekistonda futbol, kurash, tennis, sport turlarini rivojlantirish haqida prezident farmonlari, o’zbek xotin-qizlarining jismoniy tarbiya haqida mulohazalari, jismoniy tarbiya va sportni targ’ibot qilish, mahalliy millat aholisi o’rtasida jismoniy tarbiya va sportni tashviqot qilishga ilk bor urinishlar, “Navro’z”, “Hosil bayrami”, “Alpomish”, “To’maris” o’yinlarini o’tkazish va unga rahbarlik qilishda ahamiyati kattadir jismoniy madaniyat va sport bo’yicha to’liq bilim beradi. Insonning sog’lom baquvvat bo’lib rivojlanishlariga va ularni har tomonlama barkamol qilib tarbiyalashga o’rgatadi. O’quvchilarni jismoniy sifatlarni tarbiyalash va takomillashtirishni o’rgatishga ko’maklashadi. Shuningdek, ularning nazariy bilim, amaliy harakat ko’nikma va malakalarini shakllantirishning nazariy asoslarini o’rgatadi. Shu munosabati bilan davlatimiz tomonidan chiqarilgan jismoniy madaniyat va sport bo’yicha me’yoriy-huquqiy hujjatlarni o’rgatishda muhim ahamiyat kasb etadi.
 
Ko'rildi: 121     Ko'chirildi: 122


Âíèìàíèå
Diqqat, cheklanish!!!
Ma'lumotga fikr qoldirish faqat saytdan ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar uchun ruxsat berilgan!!!
Ro'yxatdan o'tish uchun shu erni bosing.

www.guldu.uz
www.hemis.guldu.uz
www.student.guldu.uz