Hayotiy jarayonlarning boshqarilishida hujayra va to`qima kechadigan biokimyoviy o`zgarishlar tezliklari hal qiluvchi ahamiyatga ega.
Ma`lumki, kimyoviy kinetika-reaksiyaga kirishuvchi moddalar konsentratsiyalari, pH, bosim, harorat va katalizatorlar singari tashqi omillarning kimyoviy o`zgarishlar tezliklariga tasirini o`rganadi, biologik jarayonlar kinetikasi esa biologik jarayonlar asosida yotuvchi biokimyoviy jarayonlarda ishtirok etadigan substratlar konsentratsiyalari, fermentlar va ularning aktivator va ingibitorlari, muhit pH darajasi, harorat singari omillarning biokimyoviy reaksiyalar tezliklari orqali biologik jarayonlar tezliklariga ta`sirining qonun-qoidalarini o`rganadi.