Agarda erituvchi bilan eritma erituvchi molekulalariga o`tkazuvchan ammo erigan modda molekulalariga o`tkazuvchan bo`lmagan (yarimo`tkazuvchan) membrana orqali ajratib qo`yilsa, u holda erituvchi molekulalarining mazkur membrana orqali eritma tomon, bir tomonlama diffuziyasi kelib chiqadi. Bu xildagi diffuziya erituvchi hajm birligidagi molekulalar sonining o`sha hajmga ega eritmadagisidan ko`p o`lishi bilan shartlanadi. Chunki eritma hajmining ma`lum qismini erigan modda molekulalariniegallaydi. Natijada erituvchi molekulalarining membrana orqali eritma tomon siljishi ularning eritmadan erituvchi tomon siljishidan ustunlik oladi.