Sirt aktiv moddalar faqat tuban konsentratsiyalar sohasidagina haqiqiy eritmalar hosil qila oladilar. Ularning eritmada molekulyar yoki ion holidagi haqiqiy eritmalar hosil qila oladigan konsentratsiyalari 10-5-10-3 mol.l-1 diapazonida yotadi. O`sha konsentratsiyalar doirasidan yuqorida ular eritmada kolloid agregatlar mitsellalar hosil qiladi va shuning uchun sirt aktiv moddalarning eritmalari kolloid strukturaga ega bo`ladi. Bu hol, o`z navbatida sirt aktiv modda eritmalarining muhim xarakterli belgisiga aylanadi.