Suyuqliklarning sirt tarangligi deganda, suyuqlik bilan uning bug`lari aro chegara bo`limida yuzaga keladigan ortiqcha erkin energiya tushuniladi.
Suyuqlining yuza bo`limida joylashgan molekulalar, uning chuqurligidan tortishish kuchlari o`zaro tenglashgan molekulalardan, faqat yuza bo`lim tagida joylashgan molekulalarning bir tomonlama tortishlariga duchor bo`lishi bilan farqlanadi. Molekulalararo torayishish kuchlarining tenglashmaganligi natijasida, yuza bo`limida ortiqcha erkin energiya paydo bo`ladi. Shu xilda paydo bo`lgan erkin energiya miqdori quyidagi munosabat orqali ifodalanadi: