Ushbu o’quv-uslubiy majmua barcha bakalavriyat ta’lim yo’nalishida ta’lim olayotgan talabalarga mo’ljallangan. O’quv-metodik majmua Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan 2018-yil 18-avgustda tasdiqlangan Umumiy pedagogika va psixologiya fani namunaviy dasturi (BD-5110900-3.03) talablari asosida tayyorlanib, unda umumiy psixologiya fanining maqsadi va vazifalari, mazmuni, mohiyati, rivojlanishi, bilish jarayonlari, ta’lim-tarbiya jarayonini to’g’ri tashkil qilish holatlarini o’z ichiga qamrab oladi.