Fanni oʻqitishdan maqsad – talabalarda organizmning asosiy tarkibiy qismi-hujayra toʻgʻrisida har tomonlama chuqur bilim berish, prokariot va eukariot hujayralarning tuzilishi asoslari, xususiyatlari, hujayra evolyutsiyasi bilan oʻzaro bogʻliqlik jihatlarini tanishtirishdan iborat.
Fanning vazifasi - oʻsimlik va hayvonlar hujayrasi tuzilishidagi farqliklarni aniqlash, hujayrada membranalarning tuzilishini, barcha organoidlarning oʻzaro aloqasini bilish, moddalar almashinuvi va yadro uning fizik-kimyoviy xususiyatlarini xromosomalar morfologiyasi, apoptoz, nekroz hodisalarini oʻrganish hamda hujayralarning tiklanishi va reproduktsiyasini aniqlash, koʻpaytirish va hujayralarning xususiyatlarini, doimiy va vaqtinchalik preparatlar tayyorlash va ular orqali hujayralarning tuzilishini tajribalar asosida aniqlash, ulardagi qonunlarni oʻrganish, taqqoslashni oʻrgatishdan iboratdir.