«Moyli urug’lar tovarshunosligi» fanini o’rganish urug’lar anatomik tuzilishining asosiy tavsiflari, morfologik belgilarining turkumlanishi bilan tanishish imkoniyatini beradi; lipidlar biosintezi va to’planishi, jumladan o’simlik tanasining turli qismlaridagi moylarning, o’simlik etilishi jarayonidagi, tashqi muhit ta’siridagi, tarkib va xususiyatlari o’zgarishi ko’rib chiqiladi. Urug’lar tarkibiga kiruvchi moddalar, ularning xususiyatlari, o’zaro bog’liqligi haqida etarli darajada aniq tushuncha beradi.