Faoliyat – kishilarning tashqi olamga faol munosabati shakli, insonning oʻzini oʻzi maqsadga muvofiq tarzda oʻzgartirish usuli, inson borligʻining muhim xususi-yatlaridan biri. Faqat faoliyat zamiridagina inson mohiyati namoyon boʻlishi, jamiyatning, har qanday ijtimoiy tuzilmaning mavjudligi taʼminlanishi mumkin. Inson va jamiyat ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda, faoliyat shakllari, asosan, quyidagicha turkumlashtiriladi: moddiy faoliyat (insonning oʻz xavfsizligi taʼmin-lanishi, oziqovqat, kiyimkechakka boʻlgan dastlabki ehtiyojlarining qondirilishi va mehnat qurollari orqali tashqi tabiatning oʻzgartirilishi); ijtimoiysiyosiy faoliyat (ijtimoiy munosabatlarga, ijtimoiy hayotga taʼsir koʻrsatish). maʼnaviy faoliyat (ilmfan, sanʼat, din, badiiy ijod va boshqa sohalardagi faoliyat)