Mazkur dasturda o‘rganiladigan fan ikkita asosiy bo‘limdan iborat: musiqa psixologiyasi va pedagogikasi. Musiqa psixologiyasida - musiqa psixologiyasining umumiy asoslari, musiqachi shaxsi va faoliyati, musiqa san’atida bilish jarayonlari (diqqat, sezgilar, idrok, xotira, tafakkur, xayol), musiqa san’atining xissiy-irodaviy muxiti, musiqa san’atida individual-psixologik tafovutlar (temprament, xarakter, qobiliyat) va musiqiy qobiliyatlarni aniqlash testlari o‘rganiladi. Musiqa pedagogikasida - musiqa pedagogikasining umumiy asoslari, musiqiy ta’lim berish va o‘qitish nazariyasi (musiqiy redaktika), musiqiy tarbiya nazariyasi va musiqiy ta’lim tarbiya tizimida boshqarish va tashkil etish masalalari o‘rganiladi.