Oila va mahalla hamkorligidagi tarbiyaviy ishlarni tashkil etish. Oila va jamiyat - mohiyatan bir-biri bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, oilada jamiyatning tub mohiyati va muammolari o‘z aksini topadi. Shuning uchun ham oilani kichik jamiyat deyish mumkin. Har bir jamiyat a’zosi oila bag‘rida voyaga yetadi, ijtimoiy munosabatlami o`zlashtiradi va insoniy fazilatlami namoyon etadi. Barkamol insonni shakllantirish, uni hayotga, mehnatga tayyorlash oilaning muqaddas vazifasidir. Oilani mustahkamlash jamiyat barqarorligi va qudratining muhim shartidir.