Bolalarda dastlabki dunyoqarash, atrof-muhit haqidagi tasavvur va tushunchalar, badiiy-estetik did, aql-idrok, tafakkur, ijtimoiy fazilatlar asosi kichik yoshdanoq shakllanadi. Shunga ko’ra ularga ijtyimoiy muhit, atrofdagilar bilan o’zaro munosabat o’rnatishlari uchun tegishli shart-sharoitlarni yaratish, ularni maktabgacha ta’lim muassasalariga to’liq qamrab olish, mavjud barcha pedagogic omillardan unumli foydalanish zarur.
Maktabgacha ta’lim muassassida pedagogic faoliyat olib boruvchi tarbiyachilar ijtimoiy buyurtma- har tomonlama yetuk, barkamol shaxsni tarbiyalash maqsadida mavjud barcha imkoniyatlardan samarali foydalangan holda o’z zimmasida turgan yuksak vazifani talab darajasida bajarishga mas’uldirlar.