Darslikda fanning nazariy asoslari, muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risidagi tushuncha va toifalari, joylanish hususiyatlari hamda uning landshaft-ekologik asoslari atroflicha yoritilgan.
Respublikadagi mavjud qo‘riqxonalar, milliy tabiat bog‘lari, ularning o‘ziga xos jihatlari tavsiflangan. Darslikda yana muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning vazifalari, ular faoliyatini takomillashtirish masalalariga ham alohida e’tibor berilgan. Ayniqsa, milliy tabiat bog‘larining rekreasiya va ekoturizm imkoniyatlaridan samarali foydalanishning ekologik iqtisodiy jihatlari keng tarzda bayon etilgan. Mazkur darslikdan geografiya, biologiya, ekologiya va boshqa tegishli ta’lim yo‘nalishi bakalavriyat talabalari, magistrlarga mo‘ljallab yozilgan. Shuningdek, undan ta’limning turli jabhalarida faoliyat olib borayotgan o‘qituvchilar va sohaga qiziquvchi boshqa mutaxassislik vakillari ham foydalanishlari mumkin. |
0
|
|