Monografiyada demografik jarayonlarning vaqt va makon doirasidagi o’zgarishlari ilmiy-nazariy jihatdan atroflicha o’rganilgan. Jumladan, insoniyat taraqqiyoti har bir ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyalarda o’ziga xos ekanligi, demografik ko’rsatkichlar va jarayonlarning farqli xususiyatlari, demografik o’tish jarayoni va uning bosqichlari, demografik salohiyatning shakllanish mexanizmi, O’zbekistondagi bugungi demografik jarayonlar atroflicha tahlil qilingan.
Monografiyadan oliy ta’lim tizimining geografiya, geografiya o’qitish metodikasi, geografiya va iqtisodiy bilim asoslari, ijtimoiy ish kabi bakalavr ta’lim yo’nalishlari, aniq va tabiiy fanlarni o’qitish metodikasi (geografiya) magistratura ta’lim yo’nalishi talabalari, umumiy o’rta maktab, o’rta maxsus ta’lim muassasalari o’qituvchilari, ilmiy tadqiqotchi-izlanuvchilar qo’shimcha o’quv adabiyoti sifatida foydalanishlari mumkin.