Annotatsiya
Ushbu uslubiy ko‘rsatma iqtisodiy va ijtimoiy geografiyaning asosiy tushunchalaridan bo’lgan iqtisodiy geografik o’rin, xalqaro mehnat taqsimoti, rayon, iqtisodiy rayon, ishlab chiqarish kuchlari, aholi va ular bilan bog’liq bo’lgan jarayonlar qamrab olingan. Bu jarayonlar Markaziy Osiyo davlatlari misolida ko‘rib chiqilgan. Bunda, iqtisodiy va ijtimoiy geografiya fani predmeti, vazifalari bo’yicha amaliy mashg’ulotlar ishlab chiqilgan. Shuningdek, ayrim amaliy mashg’ulot mavzularini bajarishda ko’maklashuvchi manbalar berilgan.