Ushbu uslubiy ko‘rsatmada iqtisodiy va ijtimoiy geografiyaning asosiy tushunchalaridan biri bo’lgan aholi va u bilan bog’liq bo’lgan jarayonlar qamrab olingan. Bunda, aholi geografiyasi va demografiya asoslari fani predmeti, vazifalari, aholining demografik ijtimoiy harakatlari, aholining etnik va ijtimoiy tarkibi, mehnat resurslari va ulardan foydalanish, aholining joylashuvi va uning geografik shakllari, aholi rivojlanishining qonuniyatlari, global demografik muammolar bo’yicha amaliy mashg’ulotlar ishlab chiqilgan. Shuningdek, ayrim amaliy mashg’ulot mavzularini bajarishda ko’maklashuvchi matnlar berilgan.