Gidrotexnik inshootlarda suvlar gorizontining koʻtarilishi ularga yaqin maydonlarda yer osti suvlari sathining koʻtarilishini (podpor boʻlishini) keltirib chiqaradi. Tuproqningsuvda toʻyinishi aholi yashash punktlarning, sanoat korxonalarining suv ostida qolishi xavfini kuchaytiradi. Shuningdek qishloq xoʻjaligi uchun qimmatli boʻlgan yerlarni botqoqlantirish va shoʻlantirish xavfini yuzaga keltiradi. Shu bilan birga suv omborlarining qurilishi daryo suvlarini samarali taqsimlashda (elektr energiyasi olish uchun, yerlarni sugʻorish uchun) muhim rol oʻynaydi.