Tarix - jamiyatdagi har qanday rivojlanish jarayonini aks ettiruvchi fandir. Tarix - insoniyat tamaddunlari rivoji, jamiyat va davlatlar o’tmishi, taraqqiyotini o’rganuvchi fandir. «O’zbekisto tarixi» fani yoshlarimizning g’oyaviy-siyosiy dunyoqarashini shakllantirishda quyidagi nazariy-ilmiy asoslarga suyanmog’i kerak:
Birinchidan, «O’zbekisto tarixi»ni o’qish va o’rganish jarayonida yoshlarda tarixiy bilimlar, ilmiy-nazariy tushunchalar va tasavvurlar shakllanmog’i lozim. Chunki voqea va hodisalarni bilmasdan, ular haqida tushuncha va tasavvurga ega boimasdan turib g’oyaviy-siyosiy dunyoqarash, milliy g’oya, mustaqillik mafkurasi haqida so’z yuritish mumkin emas. Ikkinchidan, «O’zbekisto tarixi»ni yoritish, o’qitish va o’rganish jarayonida chuqur ilmiylik, xolislik, tarixiy haqiqatning ustuvorligi asosiy va bosh yo’nalish bo’lishi lozim. Uchinchidan, «O’zbekisto tarixi»ning har bir satri, har bir varag’i milliy qadriyatlarga hurmat ruhi bilan sug’orilgan bo’lishi va milliy istiqlol tafakkuri va mafkurasining kamol topishiga xizmat qilishi darkor. To’rtinchidan, «O’zbekisto tarixi»ning boshidan oxiriga qadar singib ketgan asosiy g’oya - otashin vatanparvarlik, baynalmilallik, insonparvarlik kabi ulug’ fazilatlarga qaratilmog’i kerak. Beshinchidan, «O’zbekisto tarixi» mustaqil davlatimiz siyosiy, iqtisodiy, madaniy-ijtimoiy qadriyatining yanada mustahkamlanishi va ravnaq topishiga xizmat qilishi, davr va zamon bilan hamnafas boimog’i ayni muddaodir. |
0
|
|